text stringlengths 83 999 | class stringclasses 10
values |
|---|---|
Agar AQSh Rossiya hakerlik hujumlarini to‘xtatmadi va Amerika siyosatiga aralashishda davom etmoqda deb hisoblasa, ushbu chora joriy etiladi. AQSh ma’muriyati ushbu haftada Rossiyaga qarshi sanksiyalar ta’sirini baholaydi va Moskvaning yangi tajovuzkor harakatlaridan kelib chiqib, qo‘shimcha choralar qabul qilishga tay... | Siyosat |
O‘zbekistonda koronavirus qayd etilishi holatlari keskin oshayotgani sababli 18 apreldan karantin qoidalari kuchaytirilishi ma’lum qilindi. Professional futbol ligasi ham karantin tartibiga amal qilgan holda bugun, 17 apreldan milliy chempionat o‘yinlarida tibbiy nazoratga jiddiy e’tibor qaratishga kirishdi. Pro ligani... | Sport |
Superliga 5-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – «Paxtakor» (1:2) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, Namangandagi o‘yinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etgan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga tegishli avtomobilga shikast yetgandi. «Ayrim muxlislar tomonidan tartibsizliklar uyushtirilgan va buning natija... | Sport |
Andijonlik o‘quvchi Tokioda bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlariga suzish yo‘nalishi bo‘yicha yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Foto: Getty Images Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qilishicha, andijonlik maktab o‘quvchisi Eldorbek Usmonov sportning suzish yo‘nalishi bo‘yicha olimpiada yo‘llanma... | Sport |
Mashg‘ulotlarda UXX, politsiya, chegara xizmati, milliy gvardiya, qurolli kuchlar, favqulodda vaziyatlar xizmati mintaqaviy bo‘linmalari hamda ijroiya hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari vakillari ishtirok etadi. Ukraina xavfsizlik xizmati mamlakatning aksariyat oblastlarida keng miqyosdagi ko‘p bosqichli antite... | Siyosat |
Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 20 aprel kunidan kuchga kiradi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 13,46 so‘mga oshib, 10 525,64 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi 79,28 so‘mga ko‘tarilib, 12 670,77 so‘mga teng bo‘ldi. Rubl kursi esa 0,23 so‘mga ... | Iqtisodiyot |
Kelinglar, shu oydan boshlab va har doim bir-birimizga nisbatan biroz mehribon bo‘laylik! EVOS barchani yaxshilik oyi bilan muborakbod etadi! Reklama huquqi asosida | Oila va Jamiyat |
Tinch okeanida dunyodagi eng katta A-68 aysbergi erib ketdi. Bu haqda ReN TV xabar berdi. Telekanalning ma’lumot berishicha, to‘rt yil avval Antarktidadan ajralgan vaqtida aysbergning maydoni 6 ming kv kilometrni tashkil etgan. O‘sha paytda uning og‘irligi 1 trln tonnaga teng bo‘lgan. Hozirda aysberg ko‘plab bo‘laklarg... | Xorijiy Yangiliklar |
«Toshkent metropoliteni» UK rahbari Oybek Xudoyqulov metropolitenda bir kunlik yo‘lovchilar tashuvi 100 ming nafarga yetkazilishini ma’lum qildi. «Mazkur jamoat transportida bir kunlik yo‘lovchilar tashuvini 100 ming nafargacha chiqarishni rejalashtirganmiz. Shu reja asosida dastur tayyorlangan va yana 53ta vagon sosta... | Oila va Jamiyat |
Mashg‘ulotlarga atom va dizel suvosti kemalari, Kola flotiliyasining kemalari, ta’minot kemalari va uchuvchi qurilmalar jalb etiladi. Foto: Rossiya mudofaa vazirligi Rossiya armiyasi Arktikada keng miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, shimoliy flo... | Siyosat |
Qrimning janubiy qismi (Sevastopoldan Feodosiyagacha) hamda Qora dengizning bir qismi ustidagi havo makoni parvozlar cheklangan hudud deb e’lon qilindi. Rossiya 20 apreldan 24 aprelgacha Qrim va Qora dengiz hududining bir qismi ustidan parvoz qilish cheklanishini ma’lum qildi. "Hudud havo kemalari parvozi uchun vaqtinc... | Xorijiy Yangiliklar |
Qayd etilishicha, butun dunyoda smartfonlar savdosi o‘sgan. Joriy yilning birinchi choragida 340 million dona smartfon sotilgan. Samsung 2021 yilning dastlabki uch oyida eng ko‘p smartfon sotgan kompaniya bo‘ldi. Bu haqda Strategy Analytics ma’lumotida aytilmoqda. Kompaniya birinchi chorakda 77 million dona gadjet soti... | Texnologiya |
Mamlakatda bugungi kunda britancha shtamm bilan bog‘liq 192ta va janubiy afrikacha shtamm bilan bog‘liq 21ta holat aniqlangan. Foto: Getty Images Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiyada koronavirusning ikkita yangi shtammi aniqlanganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda bugungi kunda britancha shta... | Salomatlik |
Shamol tezligi soatiga 195 kilometrga yetgan, uylarning tomlari uchib, daraxtlar qulagan. Foto: CNN Filippinga Surigay tayfuni yopirildi. Mamlakat sharqida 60 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Xabar qilinishicha, shamol tezligi soatiga 195 kilometrga yetgan, uylarning tomlari uchib, daraxtlar qulagan. Mamlakat m... | Xorijiy Yangiliklar |
Ushbu reja hozircha Baydenga taqdim etilmagani aytilmoqda. Shu bilan birga, ma’muriyat Rossiyaga qarshi qo‘shimcha iqtisodiy choralar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Foto: Reuters AQSh ma’muriyati Ukrainaga qurol berish rejasini ishlab chiqmoqda, ammo prezident Jo Bayden rejani hozircha tasdiqlamadi. Bu haqd... | Siyosat |
Sog‘liqni saqlash vazirligi 20 aprel kuni O‘zbekistonda jami 27 828 nafar kishi COVID-19ga qarshi emlangani haqida xabar berdi. Shu tariqa ayni kungacha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 458 555 nafarga yetdi. 20 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni: Namanga... | Salomatlik |
Joriy yil I choragida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanishda qoidabuzarliklar soniga aniqlik kiritildi. “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati ma’lum qilishicha, bu qoidabuzarliklar orqali yetkazilgan zarar 1 mlrd 825 mln so‘mni tashkil qilgan. Iste’molchilar tomonidan elektr tarmoqlariga noqonuniy ... | Iqtisodiyot |
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat ishga tushirildi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat ishga tushirildi. Mazkur xizmat orqali bugungi kunda O‘zbekistonda olib borilayotgan koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayonida aholiga yanada qulaylik yaratiladi. Portaldagi y... | Salomatlik |
Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich Prezident qarori bilan, polkovnik Bekmurod Abdullayev ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar B.Abdullayev Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavo... | Siyosat |
U Bali oroli yaqinida mashg‘ulot o‘tkazayotgan bo‘lgan, ammo belgilangan vaqtda mashg‘ulot natijasi to‘g‘risida ma’lumot berish uchun aloqaga chiqmagan. Foto: Reuters Indoneziya harbiy-dengiz kuchlari bortida 53 kishi bo‘lgan suvosti kemasini qidirmoqda, deb xabar berdi Reuters agentligi. Agentlikning yozishicha, KRI N... | Xorijiy Yangiliklar |
Prezident qarori bilan, general-mayor Bahodir Mirzarahimov ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar B.Mirzarahimov ichki ishlar vazirining jazolarni ijro etishni ta’minlash va harbiy tuzilmalar bo‘yicha o... | Siyosat |
Borish tavsiya etilmaydigan mamlakatlar ro‘yxatiga dunyodagi davlatlarning 80 foizga yaqinini kiritish rejalashtirilgan. Foto: Getty Images Qozog‘iston AQSh fuqarolariga borish tavsiya etilmaydigan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda AQSh davlat departamenti hisobotiga tayanib Deutsche Welle xabar berdi. Borish ... | Xorijiy Yangiliklar |
Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi mamlakatda qat’iy lokdaun joriy etilishiga qarshi chiqmoqda. Foto: Reuters Hindistonda epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda: mamlakatda to‘rt kun ichida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq bir million holat qayd etildi, deb yozadi Times of India. Bu mamlakatda koronavirus tarqalishi b... | Salomatlik |
Hindistonning Maharashtra shtatida koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonada sisternadan kislorod sizib chiqishi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi. Foto: NDTV NDTV telekanalining xabar berishicha, voqea Nashik shahridagi davlat shifoxonasida yuz bergan. U yerda kislorod ta’minoti va o‘pkani sun’iy shamollatish qur... | Salomatlik |
Olimpiya o‘yinlari shiori – «Tezroq, balandroq, kuchliroq» 3 oydan keyin o‘zgartirilishi mumkin. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax matbuot anjumanida ma’lum qildi. Foto: Reuters «Men «Tezroq, balandroq, kuchliroq» shioriga «birgalikda» so‘zini qo‘shishni taklif qilgandim. Endilikda bu taklif XOQ ... | Sport |
Kun.uz 21 aprel kuni «Maktab oldidagi qurilishga qarshi chiqqan direktorga jinoyat ishi ochildi. Prokuratura aybsizlik prezumpsiyasini buzdi» sarlavhali maqola e’lon qildi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi shu kuni bildirish chiqarib, maqolada ko‘rsatilgan vajlar har tomonlama o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi. Tergov h... | Oila va Jamiyat |
Chexiya tashqi ishlar vaziri Yakub Kulganek Moskvani bu talabni 22 aprel soat 12:00gacha bajarishga chaqirdi. Chexiya / Foto: RIA Novosti Chexiya Rossiyaga ultimatum qo‘ydi: Moskvadan Rossiyadan chiqarib yuborilgan barcha diplomatlarni ortga qaytarish talab qilinmoqda. Chexiya tashqi ishlar vaziri Yakub Kulganek Moskva... | Siyosat |
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 18-20 daraja issiqni tashkil etadi. Respublikaning ... | Ekologiya |
Yangihayot tumanida yuk avtomobili ag‘darilishi oqibatida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 22 aprel kuni soat 11:00larda, Toshkent shahar, Yangihayot tumani hududidan o‘tgan 4R-21 avtomobil yo‘li... | Oila va Jamiyat |
Toshkent shahar IIBB xodimlari fuqarolardan pichoqlar va boshqa xavfli buyumlarni aniqlash ishlarini davom ettirmoqda. IIBB axborot xizmatiga ko‘ra, Chilonzor va Uchtepa tumanlaridagi ko‘chalar, xiyobonlar va boshqa jamoat joylarida olib borilgan profilaktik tadbirlar doirasida xodimlar uch kun ichida 65 dona sovuq qur... | Oila va Jamiyat |
Meksikadagi klinikada 80 nafarga yaqin kishi soxta vaksinaning bir dozasini qariyb ming dollardan sotib olgan. Foto: PFIZER Meksika va Polshada Pfizer kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinalari soxtalashtirilgani aniqlandi, deb xabar berdi The Wall Street Journal. Nashrning ma’lumot berishicha, Meksikadagi klinik... | Salomatlik |
Avvalgi rekord AQShda qayd etilgandi. Yanvarda mamlakatda bir sutkada 297,4 ming holat aniqlangandi. Hindistonda sutkalik koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha jahon rekordi qayd etildi: mamlakatda 314,8 ming kishida virus aniqlandi, deb xabar berdi Reuters. Avvalgi rekord AQShda qayd etilgandi. Yanvarda mamlakatda ... | Xorijiy Yangiliklar |
Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlarining futbol musobaqasiga qur’a tashlandi. A guruhi: Yaponiya, JAR, Meksika va Fransiya. B guruhi: Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya, Gonduras va Ruminiya. S guruhi: Misr, Ispaniya, Argentina va Avstraliya. D guruhi: Braziliya, Germaniya, Kot-d′Ivuar va Saudiya Arabistoni.... | Sport |
Bali sohillari yaqinida yo‘qolib qolgan KRI Nanggala 402 suvosti kemasida 72 soatdan keyin kislorod tugaydi. Bu haqda Indoneziya harbiy-dengiz floti boshlig‘i Yudo Margonoga tayanib Shannelnewsasia nashri xabar berdi. Foto: Florans Parli / Twitter Margononing ta’kidlashicha, kemadagi kislorod 24 aprel ertalabgacha yeta... | Xorijiy Yangiliklar |
Rossiyaning "Royal Flight" aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida tuzilgan havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomo... | Siyosat |
Sergey Shoyguning buyrug‘iga ko‘ra, 23 apreldan boshlab qo‘shinlarni doimiy joylashgan punktlariga qaytarish boshlanadi. Foto: TASS Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu janubiy va g‘arbiy harbiy okruglarni tekshirish tadbirlari yakuniga yetganini ma’lum qildi. «Kutilmagan tekshiruvdan maqsadga to‘liq erishildi deb hiso... | Siyosat |
Talabalar orasida koronavirus aniqlangani uchun Andijon davlat universitetidagi o‘qish jarayonlari 14 kunlik onlayn tartibga o‘tkazildi. Bu haqda universitet Telegram-kanalida ma’lum qilindi. Foto: KUN.UZ «Respublikamiz hududida, COVID-19 kasallanish holati ortayotgani, universitetimiz talabalari orasida ham bunday hol... | Ta'lim |
Foto: Chilonzor Premium "CHILONZOR PREMIUM" turar joy majmuasi sotuvda bor-yo‘g‘i 10 xonadon qolganini ma’lum qiladi. Majmuaning kadastrga bog‘liq hujjatlari ham tayyor. Ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, xarajatlarsiz yangi, zamonaviy uyni xarid qiling. Boshlang‘ich to‘lov 30 foiz! Qolgani 3 oy davomida muddatli to‘lov - ... | Oila va Jamiyat |
Bu Polshaning rossiyalik uch nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori bilan bog‘liq. Foto: Kommersant’ Rossiya tashqi ishlar vazirligi Polshaning besh nafar diplomati 15 mayga qadar mamlakatni tark etishi kerakligini ma’lum qildi. Bu Polshaning rossiyalik uch nafar diplomatni mamlakatdan chiq... | Siyosat |
Toshkentning Sergeli tumanida yo‘l qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2-Sergeli katta suv o‘tkazgich tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Qayd etilishicha. shu munosabat bilan 26 aprel soat 10:00 dan 27 aprel soat 10:00 gacha quyidagi manzillarda issiq va sovuq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi... | Oila va Jamiyat |
Avvalroq Rossiya Qrimda keng miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlarni boshlagandi. Ukraina qurolli kuchlari havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari Qrim bilan chegaradagi Xerson oblastidagi poligonlardan birida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi. Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligiga tayanib TASS xabar berdi. X... | Siyosat |
24 aprelda kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan yana iliq va quruq havo kirib keladi. Havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 22-27 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda ... | Ekologiya |
O‘zbekistonda 243ta maktab o‘quvchilari masofaviy ta’lim shaklida o‘qishni davom ettirmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 23 aprel holatiga ko‘ra, respublika bo‘ylab 243ta maktabda o‘quvchilar orasida koronavirusga chalinish holatlari aniqlangani tufayli ta’lim olish to‘liq onlayn ta’lim... | Ta'lim |
23 aprel kuni mamlakatda 332 ming, undan bir kun avval esa 314 ming holat aniqlangandi. Hindistonda ketma-ket uchinchi kun sutkalik koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha jahon rekordi yangilandi, deb xabar bermoqda Reuters. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumot berishicha, o‘tgan sutkada Hindistonda 346,... | Salomatlik |
Operatsiyaga Turkiya harbiy-havo kuchlari, artilleriya va maxsus xizmat askarlari jalb etilgan. Foto: DPA Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasi a’zolariga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Bu haqda Yeni Safak gazetasi xabar berdi. Nashrning yozishicha, operatsiya Iroqning Metin aholi punkt... | Siyosat |
Foto: facebook.com Suriyaning Baniyos shahri yaqinida turgan neft tankeriga drondan zarba berildi. SANA axborot agentligining xabar berishicha, buning oqibatida kemada yong‘in chiqqan. Kema Livan suv hududi tomondan 2ta snaryad bilan o‘qqa tutilgan. Snaryadlardan biri kemaning tumshuq qismiga tegib, unga katta zarar ye... | Xorijiy Yangiliklar |
Foto: Getty Images Fransiyaning Eperne shahridagi emlash markazida xatolik tufayli 140 kishiga Pfizer kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi o‘rniga fiziologik eritma (fizrastvor) kiritildi. Le Point nashrining xabar berishicha, voqea 20 aprelda yuz bergan. Ushbu xatolik haqida emlash markazining o‘zi xabar qil... | Salomatlik |
Foto: Getty Images AQSh va NATOning bir qator davlatlari Afg‘onistondagi bir nechta bazadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi. Bu haqda Kobuldagi anjumanda AQSh va NATOning Afg‘onistondagi qo‘shinlari qo‘mondoni general Skott Miller ma’lum qildi. «Biz bir qator bazalardan qo‘shinlarni olib chiqishni boshladik»,... | Siyosat |
Foto: KUN.UZ Bugun kunduz kuni respublika hududiga iliq va quruq havo massalari kirib kelishi davom etadi, buning hisobiga ayrim tumanlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kunduz kungi harorat 27-30 daraja issiqqa, janubda va cho‘l hududlarida 30-35 daraja issiqqacha yetadi. Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol... | Ekologiya |
Ijtimoiy tarmoqlarda “Taxiatosh IES” AJda yong‘in yuz bergani va buning natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining aksariyat hududlarida elektr energiyasi uzilishi yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ma’lum qilishicha, “Taxiatosh IES” AJda hech qanday yong‘in va shu kabi favqulodda... | Texnologiya |
«Qishloqqurilishbank» Sirdaryo mintaqaviy filialida 81 ming yevro miqdoridagi xorijiy valutadagi qalbaki pul aniqlangan. Mazkur holat bo‘yicha hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish maqsadida viloyat IIBga taqdim qilingan. «Ayni paytda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan va surishtir... | Iqtisodiyot |
Foto: KUN.UZ 25 apreldan boshlab mamlakatga juda issiq havo massalari jadal kirib kelishi boshlandi. O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha aprel oyining oxiriga qaraganda yozning boshi uchun xos bo‘lgan ochiq ob-havo harorati kuzatildi. «O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun va ish haftasi davomida harorat me’yordan 5... | Ekologiya |
Avvalroq Putin ukrainalik hamkasbi «istagan vaqtida» Moskvaga kelishi mumkinligini aytgandi. Foto: president.gov.ua-Ofs Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik hamkasbi bilan istalgan joyda uchrashishga tayyorligini bildirdi, deb yozmoqda Financial Times. «Bizni uchrashuv joyi o‘ylantirmaydi, gap uchrashuv maz... | Siyosat |
Avvalroq Zelenskiy Putinga «Donbassning istalgan yerida uchrashish»ni taklif qilgan, Putin esa Zelenskiy «istagan vaqtida» Moskvaga kelishi mumkinligini aytgandi. Foto: EPA/REUTERS Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘z ofisi rahbari Andr... | Siyosat |
Sergey Shoygu Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan. Foto: RIA Novosti Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishida qatnashish uchun ishchi tashrif bilan Tojikistonga bordi. Xabar qilinishic... | Siyosat |
Cheklovlar 29 aprel kuni soat 19:00dan boshlab kuchga kiradi va 17 may kuni 05:00da yakunlanadi. Foto: Turkish Presidency via AP Koronavirus epidemiyasi avj olgani sababli Turkiyada 29 apreldan 17 maygacha to‘liq lokdaun joriy etiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an e’lon qildi, deb xabar berdi Ana... | Salomatlik |
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Kunduz kungi harorat 30-35 daraja issiqqa, janubda va cho‘l hududlarida 37-38 daraja issiqqa yetadi. Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 31-33 daraja issiqqacha ko‘ta... | Ekologiya |
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yangi prokuror ish boshladi. Bosh prokuror buyrug‘i bilan adliya maslahatchisi Bahriddin Bahodirov Qamashi tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. B.Bahodirov tayinlovga qadar, Qashqadaryo viloyati prokurorining xalqaro huquqiy masalalar bo‘yicha katta yordamchisi lavozimida is... | Siyosat |
Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida joylashgan uylardan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Bugun, 27 aprel kuni soat 11:40da Toshkent viloyatining Nurafshon shahridagi «... | Oila va Jamiyat |
Yevropa Chempionlar Ligasida yarimfinal bosqichi boshlandi. «Real» o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qildi. Bellashuvda kuchlar teng keldi. Kristian Pulishichning goliga Karim Benzema javob berdi. Javob bahsi 5 may kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. YeChL. Yarimfinal. Dastlabki o‘yin Real — Chelsi 1:1 27 aprel, «Alfredo Di Ste... | Sport |
Foto: Getty Images Britaniya poytaxti Londonda ikki bino o‘rtasida 35 metr balandlikda shaffof akril suv havzasi o‘rnatildi. CNN telekanalining xabar berishicha, basseynning suv bilan birga og‘irligi 400 tonna, devorlari qalinligi esa ba’zi joylarida 30 smgacha yetadi. Sky Pool deb nomlangan havza Nine Elms turar joy m... | Madaniyat |
Foto: KUN.UZ 28 aprelda kunduz kuni respublika hududiga Erondan issiq va quruq havo kirib kelishi davom etadi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo 30-35 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l hududl... | Ekologiya |
28 aprel kuni «Uzbekistan Airports» AJ boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro aeroporti direktori masalasi ko‘rildi. «Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyatidan Kun.uz’ga ma’lum qilishlaricha, tadbirda Buxoro aeroportining kelgusidagi rivojlanish omillari, raqobatbardoshlig... | Oila va Jamiyat |
Nazarboyevning so‘zlariga ko‘ra, “barcha masalalar bitta qo‘lda bo‘lishi lozim”. Qozog‘istonning birinchi prezidenti, Qozog‘iston xalq assambleyasi raisi Nursultan Nazarboyev assambleyaning umrbod raisligidan voz kechdi. U xalq assambleyasi raisi vakolatlarini mamlakatning amaldagi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga t... | Siyosat |
Xususan, sportchilar har kuni koronavirusga test topshiradi. Ularga jamoat transportidan foydalanish taqiqlanadi. Foto: Getty Images Tokio Olimpiadasi tashkilotchilari musobaqalar davomida sportchilarga nisbatan amal qiladigan cheklov choralarini e’lon qildi. Xususan, sportchilar har kuni koronavirusga test topshiradi.... | Sport |
Navoiy viloyati Uchquduq tumanida 3 yoshli farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda IIB Uchquduq tumani bo‘limlari tomonidan hamkorlikda o... | Oila va Jamiyat |
Borrelning fikricha, Moskva hozirda "qarama-qarshilikni kuchaytirishga urinmoqda". Yevropa ittifoqi Rossiya bilan murakkab munosabatlar uzoq davom etishini kutmoqda, dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel. "Rossiya bilan munosabatlar uzoq muddatga yomonlashishiga tayyor bo‘lish lozim", - dedi u Yevroparlamentd... | Siyosat |
Chempionlar Ligasi yarimfinalida «Manchester Siti» safarda «PSJ» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Markinosning goliga de Bryyune va Mahrez javob berdi. Javob o‘yini 4 may kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi. YeChL. Yarimfinal PSJ — Manchester Siti 1:2 28 aprel, «Park-de-Prens» Gollar: Markinos (15) — de Bryuyne ... | Sport |
Internet olamida o‘zining mashhur kulgisi bilan tanilgan ispaniyalik Xuan Borxa 65 yoshida vafot etdi. Bu haqda mahalliy nashrlar yozishdi. 5 aprel kuni 65 yoshga to‘lgan komik yurak kasalligidan vafot etgan. Bir necha yil avval Xuan Borxa Canal Sur telekanaliga intervyu bergan va suhbat davomida sohilda ishlaganini es... | Madaniyat |
Konsullik binosi Samarqand shahri Yalangto‘sh Bahodur 52-A uy manzilida joylashgan. Foto: Baxtiyor Mustanov Tadbirning ochilish marosimida Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Darxon Sotiboldi, Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va boshqalar ishtirok etishdi. Qozog‘iston elc... | Siyosat |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.